Valyuta kurslari 16/06/2025
$1 – 12760.21
UZS – 0,43%
€1 – 14704.87
UZS – 0,0%
₽1 – 160.08
UZS – 0,55%
Qidirish
O‘zbekiston 16/06/2025 Dubayda ommaviy mushtlashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi — 11 kishi qo‘lga olindi

Dubayda ommaviy mushtlashuvda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi — 11 kishi qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dubayda o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokida sodir bo‘lgan fojiali voqea yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Yangi maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.

Khaleej Times nashri xabar berishicha, janjal shaxsiy tusga ega bo‘lib, u avtozapravka shoxobchasida ro‘y bergan. Ilgari bir-birini taniydigan ikki guruh o‘rtasida kelib chiqqan tortishuv ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.

Hodisa shunday sodir bo‘lgan: jabrlanuvchilardan biri o‘zining avtomobilining shinalarini havo bilan to‘ldirish uchun avtozapravkaga kelgan. U qizil rangli Mercedesdan tushgan zahoti hujumchilar guruhi tomonidan urib tushirilgan. Ikkinchi jabrlanuvchi esa qochib ketishga uringan, ammo boshqa guruh tomonidan quvib yetilib, og‘ir jarohat olgan va halok bo‘lgan.

Votsea guvohi bo‘lgan politsiya xodimi voqea joyi yaqinida bo‘lib, zudlik bilan tegishli idoralarga xabar bergan. Dubay politsiyasi tezkor ravishda voqea joyiga yetib borib, hududni o‘rab olgan va dalillar yig‘ilishini boshlagan.

Kuzatuv kameralari yozuvlari va guvohlarning so‘zlariga asoslanib, voqealar zanjiri va unda ishtirok etgan shaxslar aniqlangan. Olib borilgan tadbirlar natijasida hujumni tashkil etgan deb gumon qilinayotgan shaxslar hamda yana 11 kishi qo‘lga olingan. Ular qo‘shni amirlikdagi mehmonxonalardan birida topilgan.

Tergov paytida qo‘lga olinganlar voqeada ishtirok etganini tan olib, bunga uzoq yillik shaxsiy kelishmovchiliklar sabab bo‘lganini bildirgan.

Mahalliy hokimiyatlar taʼkidlashicha, mazkur ish xususiy va siyosiy xarakterga ega emas. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha materiallar Dubay prokuraturasiga topshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling