Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Dubai Taxi Company O‘zbekistondan 700 nafargacha haydovchi yollashga tayyor

Dubai Taxi Company O‘zbekistondan 700 nafargacha haydovchi yollashga tayyor

Dubai Taxi Company O‘zbekistondan 700 nafargacha haydovchi yollashga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarining "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv O'zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

BAA vakili mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijda ishlayotgan vatandoshlarimizning huquqlarini munosib himoya qilish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar, O'zbekiston Prezidentining "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni mazmun-mohiyati bilan tanishirildi.

Shuningdek, jahon mehnat bozorida talab qilinadigan ko'nikma va malakalarning tan olingan standartlari asosida tashkil etilgan "Ishga marhamat" monomarkazlari faoliyati haqida ta'kidlandi.

Sayid Amin Abdulrahman, O'zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo'llab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

"Dastlabki bosqichda korxonamizga 200ga yaqin O'zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo'lsa, yana qo'shimcha ravishda 500 ga yaqin o'zbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin", – dedi u.

Muzokaralar yakunida O'zbekiston Mehnat agentligi va "Dubai Taxi Company PJSC" korxonasi vakillari o'rtasida ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling