Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Dorilarni retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Dorilarni retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Dorilarni retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda retsept asosida beriladigan dorilarni sotish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga tegishli tuzatishlarni kiritdi.

Yangi meʼyorlarga ko‘ra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik — BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda mazkur huquqbuzarlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 100 baravarini tashkil etishi belgilangan.

Mazkur choralar retseptli preparatlarni sotish ustidan nazoratni kuchaytirish va dorixona tashkilotlari hamda jismoniy shaxslarning dorilarni berish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligini oshirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling