Valyuta kurslari 07/10/2025
$1 – 12022.90
UZS – -0,31%
€1 – 14025.92
UZS – -0,92%
₽1 – 144.75
UZS – -1,51%
Qidirish
Dollar kursining pasayishi va yangi o'quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga ta'sir qildi

Dollar kursining pasayishi va yangi o'quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga ta'sir qildi

Dollar kursining pasayishi va yangi o'quv yilining boshlanishi uy-joylar uchun ijara narxlariga ta'sir qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

AQSh dollarining so'mga nisbatan qadrsizlanishi uy-joylar uchun ijara narxlarining dollardagi qiymati oshishiga olib keldi. Natijada, AQSh dollari hisobida ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan ko'tarildi. Shuningdek, yangi o'quv yili boshlanishi bilan ijaraga beruvchilarning ijara narxlari oshishi bo'yicha kutilmalari taklif etilayotgan narx-navoga ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.

O'rtacha ta'mirlangan uy-joylar ijarasi.

Mazkur davrda o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun taklif qilingan o'rtacha ijara narxlari avgust oyidagiga nisbatan quyidagicha ko'tarilgan.

- 1 xonali: $16 ($318 dan $334 ga);

- 2 xonali: $18 ($394 dan $412 ga);

- 3 xonali: $25 ($477 dan $502 ga);

- 4 xonali: $19 ($537 dan $556 ga);

Nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali - $293, 2 xonali – $365, 3 xonali – $412, 4 xonali - $474);

- Uchtepa tumani (1 xonali – $316, 2 xonali – $381, 3 xonali – $432, 4 xonali – $400).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Shayxontohur tumani (1 xonali – $354, 2 xonali – $472, 3 xonali – $604, 4 xonali – $617);

- Yakkasaroy tumani (1 xonali – $402, 2 xonali – $506, 3 xonali – $660, 4 xonali – $800).

To'liq ta'mirlangan uy-joylar ijarasi.

Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari quyidagicha qimmatladi.

- 1 xonali: $22 ($413 dan $435 ga);

- 2 xonali: $34 ($580 dan $614 ga);

- 3 xonali: $50 ($824 dan $874 ga);

- 4 xonali: $16 ($1185 dan $1201 ga);

Nisbatan arzon ijara narxlari:

- Sergeli tumani (1 xonali – $318, 2 xonali – $419, 3 xonali – $497, 4 xonali – $588);

- Uchtepa tumani (1 xonali – $355, 2 xonali – $464, 3 xonali – $535, 4 xonali – $550).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

- Mirobod tumani (1 xonali – $479, 2 xonali – $762, 3 xonali – $1075, 4 xonali – $1462);

- Shayxontohur tumani (1 xonali – $535, 2 xonali – $746, 3 xonali – $1094, 4 xonali – $1369).

Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2025-yilning sentyabr oyi uchun 28,2 mingta va avgust oyi uchun 31,6 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Har ikkala davr uchun tahlillar narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling