Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
Doktor Noviks va xalqaro jamoa Namangandagi bolalarga yordam ko'rsatdi

Doktor Noviks va xalqaro jamoa Namangandagi bolalarga yordam ko'rsatdi

Doktor Noviks va xalqaro jamoa Namangandagi bolalarga yordam ko'rsatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali va Villiam Novick Global Cardiac Alliance hamda Sterling Foundation (AQSH) hamkorligida bolalar yurak jarrohligi yo‘nalishida Namanganda xalqaro tibbiy dastur amalga oshirildi.

Doktor Novick 1993 yildan bolalar yurak jarrohligi va tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsata boshlagan. 1994 - 2014 yillarda ikkita nodavlat notijorat tashkilotni tashkil etgan. Hozirda AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan ushbu NNT xayriya tashkiloti William Novick Global Cardiac Alliance (Novick Cardiac Alliance, NCA) nomi bilan faoliyat yuritadi.

Doktor Novisk viloyatimizda 20 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini bajardi, 300 nafardan ortiq bemorlarga maslahatlar berildi, amaliy master-klasslar tashkil etildi, ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilib, xalqaro tajriba almashildi.

Dasturda jami 15 nafar mutaxassis ishtirok etdi, jumladan: 6 ta xorijiy davlatlardan: AQSH, Serbiya, Polsha, Portugaliya, Ukraina va Marokash hamda Respublika Bolalar Milliy Tibbiyot Markazidan vakillar qatnashdi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov doktor Villiam Novick boshchiligidagi dastur vakillarini qabul qildi.

O‘zaro muloqotda Namangan viloyatida bolalar yurak jarrohligi xizmatini rivojlantirish, mahalliy mutaxassislarni xalqaro standartlarda o‘qitish, zamonaviy davolash texnologiyalarini joriy etish, mintaqada bolalar yurak nuqsonlariga ixtisoslashgan yuqori sifatli tibbiy yordam tizimini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling