Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Deyarli barcha o‘zbekistonlik futbolchilar Eronni tark etdi

Deyarli barcha o‘zbekistonlik futbolchilar Eronni tark etdi

Deyarli barcha o‘zbekistonlik futbolchilar Eronni tark etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025/2026 yilgi Eron Pro-ligasi mavsumida ishtirok etgan deyarli barcha o‘zbekistonlik legioner futbolchilar mamlakatni tark etgan.

Championat.Asia sayti maʼlumotiga ko‘ra, “Istiqlol” jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Dubayga yo‘l olgan, uning jamoadoshi Jaloliddin Masharipov esa Italiyada reabilitatsiya kursidan o‘tmoqda.

“Persepolis” klubi vingeri Oston Urunov Eron chegarasini kesib o‘tib, Turkiya tomon yo‘l olgan. Hujumchi Igor Sergeyev ham chegara punktlari orqali mamlakatni tark etgan.

“Traktor” jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov esa allaqachon Toshkentga qaytib kelgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling