Valyuta kurslari 07/10/2025
$1 – 12022.90
UZS – -0,31%
€1 – 14025.92
UZS – -0,92%
₽1 – 144.75
UZS – -1,51%
Qidirish
Deputatlar “Vatandosh” kartasi egalarini davlat bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar “Vatandosh” kartasi egalarini davlat bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Deputatlar “Vatandosh” kartasi egalarini davlat bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, u bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalariga karta egalari va ularning oila a’zolari uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, “Vatandosh” kartasi egalari turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda, ularning oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik qilib uzaytirganda, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda va ro‘yxatga olingan muddatini uzaytirganda davlat bojidan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga O‘zbekiston hududida professional, shu jumladan, tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun qulay huquqiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling