Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
Deputatlar sug'urta xizmatlarini reklama qilish to'g'risidagi qonunga kiritilgan o'zgartirishlarni muhokama qilishdi

Deputatlar sug'urta xizmatlarini reklama qilish to'g'risidagi qonunga kiritilgan o'zgartirishlarni muhokama qilishdi

Deputatlar sug'urta xizmatlarini reklama qilish to'g'risidagi qonunga kiritilgan o'zgartirishlarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, aholining, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining sug‘urtaga oid savodxonligini mustahkamlash uchun ommaviy axborot vositalari orqali keng qamrovli targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish zarurati mavjud.

Shundan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasi bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning ayrim moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Unga ko‘ra, sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan axborotni ijtimoiy axborot etib belgilash hamda ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari sifatida sohalardagi vakolatli davlat organlarini ham kiritish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida iste’molchilarni keng qamrovli va ishonchli axborot bilan ta’minlash orqali ularning bu xizmatlardan foydalanishida qulay shart-sharoitlar yaratish, aholida esa sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchni orttirishni nazarda tutadi.

Fraksiya a’zosi Kozim Tojiyev ushbu qonun loyihasiga munosabat bildirib, uni ishlab chiqishga asoslar yetarli bo‘lganini, maqsad va g‘oyalar ezgu ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, sug‘urta kompaniyalarining o‘zlariga ham faoliyat reklamasi bilan birga targ‘ibotini ham olib borish majburiyat yuklasha taklifini ilgari surdi.

Deputatlar mazkur qonun loyihasi aholini sug‘urta bozori bilan bog‘liq ishonchli axborotlar bilan ta’minlash orqali ularning ushbu xizmatlardan foydalanishida qulay shart-sharoitlar yaratishi, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchining yanada ortishiga xizmat qilishidan kelib chiqib, loyihani qo‘llab-quvatladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling