Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlar eksportini nazorat qilishni takomillashtirish choralarini qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlar eksportini nazorat qilishni takomillashtirish choralarini qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar qimmatbaho metallar va toshlar eksportini nazorat qilishni takomillashtirish choralarini qo'llab-quvvatladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yig'ilishida yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, respublikada ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash hamda zargarlik buyumlari eksportini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, sohada eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yarim tayyor zargarlik buyumlari bilan bog‘liq jarayonlarni takomillashtirishga doir choralarni ko‘rish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun loyihasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish, mahalliy zargarlik sanoatini rivojlantirish, qonuniy faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling