Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 15/02/2025 Deputatlar qalbakilashtirish va raqamli yorliqlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Deputatlar qalbakilashtirish va raqamli yorliqlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish, raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida tadbirkorlarga markirovka qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga foyda, aylanmadan olinadigan soliq va yakka tadbirkorlar uchun daromad solig‘ini kamaytirish huquqi berilmoqda. Shuningdek, pivo mahsulotlarini sotish faoliyati soliq organlarini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilyapti.

Deputatlar tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida belgilanayotgan normalar aniqlashtirilgani, amaldagi qonunchilikka moslashtirilgani, xususan, tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkinligi nazarda tutilgani ta’kidlab o‘tildi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi soliq imtiyozlarining samarali qo‘llanilishiga, raqamli markirovkalash hamda aholini qalbaki mahsulotlardan himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling