Valyuta kurslari 25/02/2026
$1 – 12187.68
UZS – -0,4%
€1 – 14366.84
UZS – -0,51%
₽1 – 159.09
UZS – -0,01%
Qidirish
Deputatlar ov qilish uchun ruxsatnomalar berish va ovlarni qayd etishning elektron tartibini qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar ov qilish uchun ruxsatnomalar berish va ovlarni qayd etishning elektron tartibini qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar ov qilish uchun ruxsatnomalar berish va ovlarni qayd etishning elektron tartibini qo'llab-quvvatladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda deputatlar ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqdilar.

Ushbu qonun loyihasi ov qilish va ovchilar tayyorlash tartibini tizimlashtirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ovchilik xo‘jaliklarida bioxilma-xillikni saqlash va ko‘paytirish, ov turizmi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Qurol to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, qonun loyihasida ov qilish jarayonlari shaffofligini oshirishga qaratilgan normalar aks etmoqda. Shu bilan birga, ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalari)ni berish maxsus elektron dastur orqali amalga oshirilishi, ular asosida mavsumiy yoki bir martalik ovni amalga oshirish huquqi taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyiha bilan pitomniklarda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish joylariga qo‘yib yuborish amaliyoti qo‘llab-quvvatlanib, bunday hayvonlar hisobidan ov qilishni tashkil etishga ruxsat berilishi belgilanmoqda. Mazkur yondashuv ov qilish bilan bir vaqtda yovvoyi hayvonlar zaxirasini to‘ldirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklariga biriktirib berilgan ov qilish joylarida amalga oshirilishi belgilanyapti. Bu esa ov qilish ustidan nazoratni kuchaytirish hamda yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va ularning tabiiy zaxirasini asrashga xizmat qiladi. Shuningdek, ov qilishni rejalashtirish, ruxsat etilgan hududlar va muddatlarni belgilashda yagona tizim asosida ish yuritish nazarda tutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling