Deputatlar Oʻzbekiston Oliy sudlari sudyalarini saylash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar
Deputatlar Oʻzbekiston Oliy sudlari sudyalarini saylash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda Senatning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunchilik taklifi ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, Konstitutsiyaviy sud sudyalari, Oliy sud raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi va ularni saylash to‘g‘risidagi masala Senatning navbatdagi majlisida Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi.
Mazkur qonunchilik taklifi bilan sudyalikka nomzodlarni ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish taklif etilmoqda
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga sudyalarni lavozimlariga saylash uchun nomzodlar dastlabki tarzda Oliy Majlis Senatining mas’ul qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan xulosa qilinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilmoqda.
Majlisda qonunchilik taklifi bo‘yicha qaror qabul qilindi.