Deputatlar “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildilar — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
Deputatlar “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildilar

Deputatlar “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildilar

Deputatlar “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu loyiha fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishni nazarda tutadi.

Loyihada ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga oid normalar aks etib, bu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan qoidalar kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar, huquqshunoslar ishtirokida qizg‘in muhokama qilingani, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlarning takliflaridan kelib chiqib, unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani qayd etildi.

Mazkur o‘zgartirishlar huquqni qo‘llash amaliyotida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklar, har xil yondashuvlarning oldini olish, qonun normalarining aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida kiritilib, loyiha matni takomiliga yetkazilgani ta’kidlandi.

Munozaralar davomida qonun loyihasi deputatlar fikr-mulohazalari va takliflari asosida maromiga yetkazilgani, unda nazarda tutilayotgan normalar fuqarolarning davlat organlari bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling