Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
O‘zbekiston 27/02/2025 Deputatlar huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qulladilar

Deputatlar huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qulladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan navbatdagi hujjat —“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklar sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi esa tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga nisbatan davlat himoyasini ta’minlash amaliyotini kengaytirishni nazarda tutadi.

Loyiha bilan profilaktik hisobga qo‘yiladigan shaxslar doirasi amaldagi 6 toifadan 3 toifaga, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun profilaktik hisobga olinayotgan moddalar 28 tadan 12 taga kamaytirilib, hozirda zaruriy hisoblangan qo‘shimcha 2 ta holat bilan to‘ldirilmoqda.

Xususan, oilaviy zo‘ravonlik sodir etganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan hamda sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi uchun sud tomonidan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslarni profilaktik hisobga olinadigan shaxslar qatoriga kiritish nazarda tutilyapti.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida ayrim toifadagi shaxslarga ularning ayblilik masalasi hal etilmasdan turib huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling