Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
Deputatlar haqorat qilish va noqonuniy kontentni internetda tarqatish uchun jazolovchi qonunni qabul qilishdi

Deputatlar haqorat qilish va noqonuniy kontentni internetda tarqatish uchun jazolovchi qonunni qabul qilishdi

Deputatlar haqorat qilish va noqonuniy kontentni internetda tarqatish uchun jazolovchi qonunni qabul qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’kidlanganidek, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan berilgan taklif va mulohazalar, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning fikr-mulohazalari asosida uning ayrim normalari aniqlashtirildi hamda tahririy jihatdan takomillashtirildi.

Qonun loyihasi bilan telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘ida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz harakatlarni yoki fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish, harbiy harakatlarda ishtirok etishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, shaxsning o‘zi sodir etgan huquqbuzarligini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tarqatish, shuningdek ijro harakatlari davomida xatlangan mulk bilan bog‘liq qonunga xilof harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Bu orqali axborot makonida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni targ‘ib qilish holatlarining oldini olish, shuningdek mazkur turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikda mavjud huquqiy bo‘shliqni bartaraf etish ko‘zda tutilmoqda.

Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasi jamiyatda huquqiy tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, axborot makonida axloq-odob me’yorlariga rioya etilishini kuchaytirish, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, yangi turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika mexanizmlarini samarali ishlatish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling