Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Deputatlar davlat xizmatlarini kengaytirish va biznes uchun litsenziyalashni soddalashtirishni qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar davlat xizmatlarini kengaytirish va biznes uchun litsenziyalashni soddalashtirishni qo'llab-quvvatladilar

Deputatlar davlat xizmatlarini kengaytirish va biznes uchun litsenziyalashni soddalashtirishni qo'llab-quvvatladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ilgari qonuniy imkoniyati bo‘lmagan ota ismini bolaga familiya sifatida berish amaliyotini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi tizimini optimallashtirish, arxivning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining huquqiy asoslarini belgilash ko‘zda tutilyapti.

Loyiha bilan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish tartibi ham soddalashtirilib, 3 oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimini joriy etish aks etmoqda.

Majlisda qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun biznesni boshlashda ortiqcha tartib-taomillardan o‘tish jarayonlarini bartaraf etish, arxiv tashkilotlarining huquqiy maqomi va faoliyatini tartibga solish, arxiv hujjatlarini elektron shaklda saqlashning asoslarini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, undagi ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar berdi. Shuningdek, loyiha matnini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.

Munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling