Deputatlar davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik va zaruriy nazoratni ta’minlash chora-tadbirlarini muhokama qildilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda davlat xaridlari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.
Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-8-moddasiga komleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni komleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Muhokamada deputatlar hozirgi kunda davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, xususan, davlat byurtmachilari tomonidan xarid hujjatlarini ishlab chiqish, yetkazib beruvchilarga talablarni belgilash, hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va raqobat muhitini ta’minlash ishlarini amalga oshirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish holatlari uchrab turganligini salbiy baholadilar.
Majlisda davlat xaridlari sohasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazmaslik holatlarining oldini olish hamda bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari tartibga solinayotgani atroflicha muhokama qilindi.
Deputatlar qayd etganidek, qonun loyihasi bilan belgilanayotgan normalar davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.