Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi belgilandi
Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yo‘riqnomaga ko‘ra, grafik deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda bojxona organiga taqdim etiladi:
tovar(lar)ni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirishda davriy bojxona to‘lovlarini har oyda yoki yilning har choragida to‘lash maʼlum qilingan taqdirda;
bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etish bo‘yicha berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash lozim bo‘lganda.
BYD qog‘oz shaklda bojxona organiga taqdim etilgan taqdirda grafik qog‘oz shaklda 4 nusxadan iborat A4 formatdagi varaqlarda taqdim etiladi hamda quyidagicha taqsimlanadi:
1-nusxa – bojxona posti uchun;
2-nusxa – deklaratsiyalovchi shaxs uchun;
3- va 4-nusxalar – deklarant uchun.
Bunda, grafikning har bir nusxasi deklaratsiyalovchi shaxs va bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.