Valyuta kurslari 09/10/2025
$1 – 12072.03
UZS – 0,28%
€1 – 14016.83
UZS – -0,2%
₽1 – 148.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Davr Bank va OTB ayollar tadbirkorligi va mikrobiznesni milliy valyutadagi kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi

Davr Bank va OTB ayollar tadbirkorligi va mikrobiznesni milliy valyutadagi kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi

Davr Bank va OTB ayollar tadbirkorligi va mikrobiznesni milliy valyutadagi kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Davr Bank xususiy tijorat banki milliy valyutada mablag‘ ajratish imkoniyati bilan 20 million dollar miqdorida kredit bitimini imzoladilar.

«Mikrobiznes, kichik va o‘rta tadbirkorlik (MO‘T) uchun inklyuziv moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi tadbirkorlarni, shu jumladan ilk bor bank mablag‘iga murojaat qilayotganlarni moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olishni kengaytirishga hamda Davr Bank‘ning yetarli darajada qamrab olinmagan mijozlar bilan ishlash salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Loyiha doirasida milliy valyutada kreditlashni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bitim shartlariga ko‘ra, kredit mablag‘larining kamida 50 foizi ayollar mulkidagi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu esa bunday bizneslarning o‘sishiga va ayollarning O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling