Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Davlat xavfsizlik xizmati: Yerni o'tkazish paytida poraxo'rlik qilgan mansabdor shaxslar hibsga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati: Yerni o'tkazish paytida poraxo'rlik qilgan mansabdor shaxslar hibsga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati: Yerni o'tkazish paytida poraxo'rlik qilgan mansabdor shaxslar hibsga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departmenti tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bog‘dod tuman hokim o‘rinbosari 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro tomonidan “elektron onlayn auksion” savdo platformasi orqali ijara huquqi asosida yutib olingan 2,4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni vaʼda qilgan.

Namangan shaxar hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yordamchisi mazkur mahalladagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratilgan yer maydonlaridan 8 sotix qismi uchun dalolatnoma rasmiylashtirib, bir yil davomida noturar sifatida foydalanib turish va bir yildan so‘ng yer toifasi karorini turar-joy toifasiga o‘zgartirib berishni vaʼda qilib, buning evaziga fuqarodan 6 000 AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokimlik vakili kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xuddi shunday holat, Yangi Namangan tumani mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida ham kuzatildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi tuman hokimligi va kadastrdagi tanishlari orqali ushbu mahalladagi 12 sotix davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonining hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 16 000 AQSH dollarini talab qilib, oldindan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu hokimliklar vakillariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling