Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi opiy partiyasi bilan giyohvand moddalar sotuvchilar guruhini qoʻlga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi opiy partiyasi bilan giyohvand moddalar sotuvchilar guruhini qoʻlga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi opiy partiyasi bilan giyohvand moddalar sotuvchilar guruhini qoʻlga oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1972 y.t., muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 g “opiy” moddasini Shumanay tumanida yashovchi, 1965 y.t. mijozga 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Shuningdek, nukuslik narkosavdogarning yonidan qo‘shimcha 5 g “opiy” ham olindi.

Aniqlanishicha, u ajal og‘usini o‘zining 1981 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan bo‘lib, Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 20 g “opiy”ni 8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, uning yonida bo‘lgan sumkadan ham 1 kg 176 g “opiy” moddasi olindi.

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda uchala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Taʼkidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq bunday jinoyat sodir qilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling