Valyuta kurslari 29/12/2025
$1 – 12057.32
UZS – -0,18%
€1 – 14192.67
UZS – -0,29%
₽1 – 155.16
UZS – -0,05%
Qidirish
Davlat xaridlari tizimida raqobat va shaffoflik taʼminlanadi

Davlat xaridlari tizimida raqobat va shaffoflik taʼminlanadi

Davlat xaridlari tizimida raqobat va shaffoflik taʼminlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor narxini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida hisoblab beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

2026 yil 1 yanvardan davlat xaridlarida raqobatli usul orqali ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning “taklif so‘rovi” yangi tartib-taomili joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan: To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati bekor qilinib, mazkur ro‘yxat bo‘yicha davlat xaridlari raqobatli usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi;

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berish haqida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda davlat xaridi ijrochisining nomi aniq ko‘rsatiladi;

davlat xaridlarida elektron do‘konga ofertalarni joylashtirish muddati 15 kundan 60 kungacha uzaytiriladi hamda tovarlarni yetkazib berish muddati kamida 5 kun etib belgilanadi;

Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida xarid hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish muddatlari ularning qiymati va murakkabligidan kelib chiqib qisqartiriladi.

2026 yil 1 yanvardan: davlat buyurtmachilarining xarid rejalari eʼlon qilingandan keyin ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron xabarnoma tarzida yuboriladi;

byudjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan mahalliy auksion savdolarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionda 1 ta tadbirkor ishtirok etgan taqdirda, auksion o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

2026 yil 1 iyuldan quyidagilar joriy etiladi:

davlat xaridlariga oid takliflarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali faqat elektron shaklda baholash;

davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qiluvchi shaxslarga ishonchnomalarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish.

Quyidagi mexanizmlarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlarida nazorat” sahifasi joriy etiladi:

davlat xaridlari sohasiga oid huquqbuzarliklar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning yagona tasnifini shakllantirish;

xavf-xatarlarni toifalarga ajratish, shuningdek, ularni avtomatik aniqlash va xabardor qilish;

davlat buyurtmachilarini sodir etgan huquqbuzarliklariga ko‘ra toifalarga ajratish;

davlat xaridlarida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi “Xaridlarda KPI” raqamli reytingini joriy qilish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling