Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Davlat rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdilar

Davlat rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdilar

Davlat rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Xususan, “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.

Shuningdek, “Silkway Central Asia” ko‘p tarmoqli logistika markazi, chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish quvvatlari, Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi hamda poytaxtlarda “Toshkent” va “Ostona” mehmonxona majmualari qurilishi boshlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling