Valyuta kurslari 05/01/2026
$1 – 12004.41
UZS – -0,17%
€1 – 14129.19
UZS – -0,23%
₽1 – 153.59
UZS – -1,07%
Qidirish
Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdilar.

Bugun davlat rahbarlarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Qo‘shma konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi.

Iste’dodli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va o‘ziga xosligi mujassam bo‘ldi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling