Davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlar tartibga solindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy sug‘urtasining amal qilishi majburiy yoki ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Sug‘urta hodisalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- kasallik munosabati bilan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik;
- homiladorlik va tug‘ish;
- ish yoki daromadni yo‘qotish.
Sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda sug‘urtalangan shaxslarga va (yoki) ularning oila aʼzolariga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha quyidagi to‘lovlar amalga oshiriladi:
- vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
- homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
- ishdan bo‘shatish nafaqasi.
Sug‘urta badali sug‘urtalangan shaxs uchun jamg‘armaga amalga oshiriladigan ajratma yoki to‘lov hisoblanadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni olishga bo‘lgan huquq sug‘urta badallarining to‘lanishiga qarab yuzaga keladi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tegishli davrlar uchun tayinlanadi.
Ushbu Qonun 2026 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.