O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi

UzDaily · 18.11.2025 · 15:11 · 1384 views
Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3705, 14.11.2025 y.).

Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi;

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi;

Kasbiy taʼlim agentligi.

Shu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:

vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);

hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).

UzDaily · 👁 1384 views · 18.11.2025 · 15:11