Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
Dar Al-Dava O‘zbekiston bilan farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida

Dar Al-Dava O‘zbekiston bilan farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida

Dar Al-Dava O‘zbekiston bilan farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Iordaniyaning Dar Al-Dawa kompaniyasi bosh ijrochi direktori Xaled Xarb bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dar Al-Dawa Development & Investment Co. Ltd. 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi eng yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Kompaniyaning bosh ofisi Amman shahrida joylashgan bo‘lib, mahsulotlari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinadi.

Muzokaralar davomida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va zamonaviy sifat standartlarini joriy etish masalalariga qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling