Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 04/04/2025 Damas va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Damas va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida Damas avtomobili va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Damas haydovchisi xavfsiz masofani saqlamagani oqibatida yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Damas avtomobili jiddiy shikastlangan. Haydovchi va yo‘lovchilarni maxsus texnik vositalar yordamida chiqarishga to‘g‘ri kelgan. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan, yana bir kishi shifoxonaga yotqizilib, reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalarini boshqarish yoki foydalanish qoidalarini buzish inson o‘limiga olib kelgan hollar) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling