Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish hamda sohada samarali nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.

2026 yil 1 iyunga qadar “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimining “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” moduli va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

2026 yil 1 martdan vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YAIDXP (my.gov.uz) dagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli maʼlumotnoma bepul yuboriladi.

Ushbu QR-kod tushirilgan maʼlumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi.

2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha Toshkent shahrida eksperiment tariqasida dafn etish ishlarini amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

qabriston mudiri (nazoratchisi) tomonidan vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;

qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etish ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling