Valyuta kurslari 08/01/2026
$1 – 12033.28
UZS – 0,54%
€1 – 14060.89
UZS – 0,29%
₽1 – 149.30
UZS – 1,06%
Qidirish
CONCH Cement va Olmaliq instituti birgalikda togʻ-kon sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi

CONCH Cement va Olmaliq instituti birgalikda togʻ-kon sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi

CONCH Cement va Olmaliq instituti birgalikda togʻ-kon sanoati uchun kadrlar tayyorlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Olmaliq davlat texnika instituti hamda Xitoyning konchilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "CONCH Cement" o‘rtasida strategik sheriklik va hamkorlik bo‘yicha bitim imzolandi.

Mazkur bitimda ishlab chiqarish, taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kon elektromexanikasi yo‘nalishida yangi istiqbolli qo‘shma loyihalarni bajarish va innovatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga xitoylik olimlar bilan hamkorlikda joriy etish maqsadi belgilandi.

Bundan tashqari, Olmaliq davlat texnika instituti bazasida "CONCH Cement" tarkibiy bo‘linmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kompaniya xodimlarining malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish masalalari ham kelishib olindi.

Bunda korxona uchun istiqbolli sohalarda mutaxassislar tayyorlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun Xitoy va boshqa xorijiy davlatlarda stajirovka dasturlarini tashkil qilish, korxonaning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator mavzularda ham takliflar ilgari surildi.

Taʼkidlanganidek, bularning barchasi Davlatimiz rahbari o‘z Qarorida mazkur OTM oldiga qo‘ygan pirovard maqsad - Institutda jahon miqiyosidagi geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabini yaratishga qaratilgan.

Bugungi kunda Xitoyning “CONCH Cement” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab sement hamda qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yuzlab korxonalarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, konchilik sohasining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Yiliga bir necha yuz million tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoning 20 davlatiga eksport qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling