Valyuta kurslari 03/02/2026
$1 – 12242.17
UZS – 0,14%
€1 – 14522.89
UZS – -0,26%
₽1 – 159.90
UZS – -1,3%
Qidirish
CHUST TEXTILE maishiy kimyo, kosmetika va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha yangi loyihalarni ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov  Chust tumani “Namangan” EIZ hududidagi “SHUST TEXTILE” MCHJ  tomonidan  amalga oshirilayotgan qiymati 10 mln. dollarlik tayyor trikotaj mahsulotlari hamda maishiy- kimyoviy va kosmetik vositalar ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi.

Loyiha foydalanishga topshirilishi orqali 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yillik 370 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi hamda 30 mln dollarlik mahsulotlar MDX va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi.

Viloyat hokimi yangi loyihalar uchun qurilgan angar usulidagi zamonaviy binoni ko‘zdan kechirdi.

Tadbirkor bilan suhbatlashib, muammolarini o‘rgandi, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling