Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 15/05/2025 Chorvachilikning sutchilik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi

Chorvachilikning sutchilik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etish;

865 nafar aholi va dehqon xo‘jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;

sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy taʼminotini ishga tushirish.

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling