Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi

Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi

Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kg giyohvandlik vositasi olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, 1981 y.t., muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 3 dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur fuqaro kelgusida sotib, oson pul topish maqsadida ushbu ajal og‘usini yetishtirgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ўтказиш...) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling