Chirchiq texnoparki Rossiya va Qozog'iston kompaniyalari bilan polimer izolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishni muhokama qilmoqda
Chirchiq texnoparki Rossiya va Qozog'iston kompaniyalari bilan polimer izolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki mutaxassislari Rossiyaning Gexsa Group kompaniyasi hamda Qozog‘istonning Marvik Partners kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Uchrashuv davomida kompaniyalar vakillari shamoldan himoyalovchi, yopuvchi hamda bug‘ va namlikdan izolyatsiyalovchi materiallarni polimerlardan ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
Kompaniya vakillariga texnopark hududida ishlab chiqarishni joylashtirish asosiy afzalliklari, jumladan amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari, rivojlangan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, shuningdek qulay geografik joylashuv haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.