Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Iqtisod 25/08/2025 “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki xalqaro investitsiya bozorida pozitsiyalarini mustahkamlamoqda

“Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki xalqaro investitsiya bozorida pozitsiyalarini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki o‘zining investitsiyaviy jozibadorligida barqaror o‘sishni namoyon etmoqda. Texnoparkka Rossiyaning PRIDE kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur kompaniya 2013 yilda Qozonda (Tatariston Respublikasi) tashkil etilgan bo‘lib, yuqori sifatli audio jihozlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Tashrifning asosiy maqsadi texnopark imkoniyatlarini o‘rganish va yangi ishlab chiqarish majmuasi joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida kompaniya vakillari texnopark infratuzilmasi, rezidentlarga taqdim etiladigan shart-sharoitlar va davlat qo‘llab-quvvatlash choralari bilan tanishdilar. Alohida eʼtibor bo‘sh ishlab chiqarish maydonlarini ko‘zdan kechirish, texnik jihozlanish va logistika imkoniyatlariga qaratildi.

Muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tdi. Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirib, potensial sheriklikning keyingi qadamlarini ishlab chiqish maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Texnopark rahbariyati taʼkidlashicha, xorijiy kompaniyalar tashriflari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish va yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Bu esa texnologik rivojlanish hamda mintaqada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling