China Everbright O‘zbekistonda chiqindilarni energiyaga aylantirish loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shma korxonalar tuzmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — China Everbright Environment Group Limited kompaniyasi O‘zbekistonning Maxsus va CR No.17 Second Engineering kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatda ikkita loyiha kompaniyasini tuzish haqida eʼlon qildi.
Yangi qo‘shma korxonalar qattiq maishiy chiqindilarni energiyaga qayta ishlash komplekslariga investitsiya kiritish, loyihalashtirish, qurilish, ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, China Everbright International har bir qo‘shma korxonadagi ulushning 88 foiziga ega bo‘ladi.
Loyiha doirasida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida har biri 283 million AQSH dollari qiymatidagi ikkita zavod qurilishi rejalashtirilgan.
Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, har yili 1,095 million tonna chiqindini qayta ishlash va 455 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu esa taxminan 26 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlashga yetarli bo‘ladi.