China Eastern Airlines O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasining China Eastern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun rasmiy ruxsat oldi.
3 iyul, 2025 yil kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi havo aloqalari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv asosida “O‘zaviation” agentligi tomonidan aviaperevozchiga tegishli ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatga ko‘ra, Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar amalga oshiriladi.
Parvozlar Boeing 737-800 turdagi samolyotlarda bajarilishi rejalashtirilgan.