Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chernogoriya hukumati yig‘ilishida O‘zbekiston, Armaniston va Misr fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi.

Yangi qoidalar 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan islohotlar kun tartibini amalga oshirish doirasida va Yevropa Ittifoqining viza siyosati bo‘yicha 24-bob talablariga muvofiq kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror Chernogoriya vizaviy siyosatini YEI siyosati bilan to‘liq muvofiqlashtirishga va mamlakatning ittifoqqa to‘la aʼzo bo‘lish jarayoniga sodiqligini tasdiqlaydi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Chernogoriyaga kirish uchun viza olishlari shart bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling