Centrum Air Peterburgdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Centrum Air aviakompaniyasi Sankt-Peterburg bilan Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini ochdi.
Bu haqda «Shimoliy poytaxt havo darvozalari» kompaniyasi tomonidan boshqariladigan Pulkovo aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘nalish Rossiyaning shimoliy poytaxtidan O‘zbekistonga amalga oshirilayotgan beshinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bo‘ldi.
Bundan avval Pulkovodan Termiz, Urganch, Samarqand va Namangan shaharlariga ham parvozlar amalga oshirilgan. Toshkentga parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari bajariladi.
2025 yilning to‘qqiz oyi davomida Pulkovodan O‘zbekistonga yettita aviakompaniya tomonidan deyarli bir yarim mingta reys amalga oshirilgan.
Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi (RTOA) maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston Rossiya fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar orasida Turkiya va Tailanddan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.