Centrum Air Namangan — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni ochmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 22 iyundan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Namangan va Moskva (Domodedovo aeroporti) o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu bilan O‘zbekistonning sharqiy mintaqasi va Rossiya poytaxti o‘rtasidagi havo aloqalari yana-da kengayadi.
Yangi yo‘nalish transport aloqalarini mustahkamlashga hamda Namangan viloyati va unga yaqin hududlarda yashovchi yo‘lovchilar uchun sayohatlarni yengillashtirishga qaratilgan.
Parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, payshanba va yakshanba kunlari zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti o‘rtacha 4 soat 20 daqiqani tashkil etadi.
Parvoz jadvali (mahalliy vaqt bilan):
Reys C407, Namangan — Moskva:
payshanba, yakshanba: uchish — 12:40, yetib borish — 15:00;
dushanba (23 iyundan boshlab): uchish — 18:40, yetib borish — 21:00.
Reys C408, Moskva — Namangan:
payshanba, yakshanba: uchish — 16:00, yetib borish — 22:05;
dushanba (23 iyundan boshlab): uchish — 22:00, Namanganga yetib kelish — ertasi kuni soat 04:05.
Ushbu havo qatnovining ochilishi mehnat muhojirlari, xizmat safaridagi yo‘lovchilar va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratibgina qolmay, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va gumanitar aloqalar rivojiga ham xizmat qiladi.