Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Centrum Air aviaparki panoramali shaffof tomli yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

Centrum Air aviaparki panoramali shaffof tomli yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

Centrum Air aviaparki panoramali shaffof tomli yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Centrum Air aviakompaniyasi yangi Airbus A321neo samolyotini qabul qildi. U tashuvchi aviaparkidagi 14-havo kemasi hisoblanadi.

UK32133 ro‘yxat raqamiga ega layner 17 yanvar kuni Lyublyanadan parvozni amalga oshirib, mahalliy vaqt bilan soat 19:33 da Toshkentx\alqaro aeroportiga qo‘ndi.

Yangi samolyotning o‘ziga xos jihati — shaffof tom bo‘lib, u parvoz davomida yo‘lovchilarga deyarli 180 gradusli panoramali osmon manzarasini tomosha qilish imkonini beradi. Bu yechim sayohatdagi qulaylikni oshirish va yo‘lovchilar taassurotini yaxshilashga qaratilgan.

Airbus A321neo 221 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, A320 oilasiga mansub modellarga nisbatan parvoz masofasi kengaytirilgan.

Shuningdek, samolyot yoqilg‘i sarfining kamligi va chiqindilar darajasining qisqartirilgani bilan ajralib turadi, bu esa aviatsiya sohasidagi zamonaviy ekologik talablarga mos keladi.

Yangi laynerning aviakompaniya tasarrufiga kelib qo‘shilishi Centrum Air‘ning bosqichma-bosqich aviaparkni kengaytirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish rejalarini, shuningdek, yo‘lovchilar oqimining o‘sib borayotganini aks ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling