Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Central Eurasian Venture Forum 2026 uchun Early Bird -30% chiptalari

Central Eurasian Venture Forum 2026 uchun Early Bird -30% chiptalari

Central Eurasian Venture Forum 2026 uchun Early Bird -30% chiptalari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 3-aprel kuni Toshkent shahrida Central Eurasian Venture Forumning 5 yillik yubiley forumi bo‘lib o‘tadi - bu Markaziy Yevrosiyo va boshqa mamlakatlardan investorlar, texnologik biznes vakillari, korporatsiyalar, banklar hamda venchur fondlar uchun yetakchi platformadir.

Forum ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi va IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etiladi. CEVF’ning Toshkentda bo‘lib o‘tishi mamlakatning startap ekotizimini rivojlantirish, texnologik tadbirkorlik va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanib borayotganini aks ettiradi.

Forumning kun tartibi - “The Next Frontier for Smart Capital.” Ishtirokchilar investitsiya, venchur va AI kompaniyalarini rivojlantirish mantig‘i yangi sharoitda qanday o‘zgarayotganini bilib oladilar hamda potensial hamkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tadbir tajribali va yangi investorlar, korporatsiyalar va moliyaviy institutlar vakillari, shuningdek, biznesini kengaytirish va xalqaro bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgan mintaqa startaplari uchun mo‘ljallangan.

CEVF 2026 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon ochiq. Yanvar oxirigacha barcha chipta toifalariga 30% chegirma bilan Early Bird taklifi amal qiladi.

Forum va ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot rasmiy saytda: ventureforum.asia

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling