Valyuta kurslari 11/06/2025
$1 – 12674.37
UZS – -0,3%
€1 – 14470.33
UZS – -0,37%
₽1 – 161.23
UZS – 0,08%
Qidirish
Iqtisod 10/06/2025 "Cashgenics" korxonasi Hindistonda 3,5 million AQSh dollarilik eksport shartnomalariga erishdi

"Cashgenics" korxonasi Hindistonda 3,5 million AQSh dollarilik eksport shartnomalariga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan "Cashgenics" korxonasi Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro biznes tadbirlari doirasida o‘zining yangi eksport imkoniyatlarini kengaytirib, mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muhim shartnomalarga erishdi.

Mazkur muvaffaqiyat Hindiston – Markaziy Osiyo biznes kengashi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar doirasidagi uchrashuvlar va B2B muzokaralar natijasida qo‘lga kiritildi. Aynan ushbu tadbirlar davomida "Cashgenics" o‘z mahsulotlariga qiziqish bildirgan hamkor kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

Natijada, "Cashgenics" Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan umumiy qiymati 3,5 million AQSh dollari miqdoridagi eksport shartnomalarini imzoladi. Kompaniya o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

"Cashgenics" Hindistonda quyidagi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi: "Wald Wide International", "BharatiyaZPM", "Wimman", "Cosmic Care", "Big Hearts", "Velogic", "Shymal Khmathan" va "Art International".

Ushbu muvaffaqiyat "Cashgenics" korxonasining xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling