Kunlik xarajatlardan qanday qilib keshbek olsa bo‘ladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pulni tejash tobora qiyinlashmoqda: narxlar oshmoqda, maosh esa qo‘lga tekkan zahoti tugab qolayotgandek. Ammo xarajatlarning hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarish mumkin. Buning uchun keshbekli karta orqali to‘lov qilsangiz kifoya — bank har oy sarflagan mablag‘ingizning bir qismini qaytarib beradi.
Lekin savol tug‘iladi: bank nima uchun pulni qaytaradi va qanday qilib xarajat qilib, yana uning bir qismini qaytarib olish mumkin? Quyida shu haqida gaplashamiz.
Keshbek nima va qanday ishlaydi
Keshbek — bu bank siz xaridlar uchun sarflagan pulingizning bir qismini qaytarib berishi demakdir. Odatda u ma’lum foizda bo‘ladi, masalan, 3% yoki 5%. Deylik, siz bir oy davomida 2 mln so‘m sarfladingiz va 5% keshbekli karta orqali to‘lov qilsangiz, bank sizga 100 000 so‘m qaytaradi. Bu pullarni sarflash, jamg‘arish yoki naqd qilib yechib olish mumkin.
Keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi. Qancha sarflashingiz muhim emas, har bir xariddan foiz qaytariladi.
Bank o‘zi nima uchun pulni qaytaradi?
Avvaliga bank pulni shunchaki qaytarayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida bu shunchaki yaxshilik qilish emas, balki bankning o‘ziga ham foyda keltiradi.
Ko‘proq odam naqd pul o‘rniga kartadan to‘lov qiladi. Bank har bir operatsiyadan foiz oladi. To‘lovlar qancha ko‘p bo‘lsa, bankning daromadi ham shuncha ortadi.
Bank yangi mijozlarni jalb qiladi. Oddiy kartalardan ko'ra keshbekli kartalar ancha ommabop, chunki bunday kartalar odamlarga ko‘proq foyda keltiradi.
Hamkorlarning ham mijozi ko‘payadi. Do‘konlar, kafelar va yetkazib berish xizmatlari chegirma yoki keshbek izlayotgan yangi mijozlarga ega bo‘ladi. Agar do‘konda keshbek mavjud bo‘lsa, xaridor aynan shu do‘konni tanlash ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.
Natijada hamma yutadi: xaridor sarflagan pulining bir qismini qaytarib oladi, hamkor yangi mijozlarga ega bo‘ladi, bank esa o‘z daromadini oshiradi.
Keshbek olish uchun nima qilish kerak?
Keshbek olish uchun shunchaki shunday imkoniyati bor karta bilan xaridlarni amalga oshirish kerak. Masalan, TBC Bank’dan Salom Card orqali xarid summasining 5 foizini avtomatik tarzda qaytarib olish mumkin. Ortiqcha ovoragarchiliksiz.
Bir oy davomida xaridlarni ushbu karta bilan to‘laysiz, keyingi oyda esa bank sarflagan pulingizning bir qismini hisobingizga qaytaradi.
Keshbek olish uchun qayerdan xarid qilish kerak?
Keshbek bankning hamkorlari bo‘lgan do‘konlar, kafelar, yetkazib berish va transport xizmatlarida qilingan xaridlar uchun beriladi. Ba’zan hamkorlar aksiyalar o‘tkazib, keshbek miqdorini 20 foizgacha oshiradi. Bunday aksiyalar odatda bayramlarda yoki dam olish kunlarida bo‘ladi.
Masalan, TBC Bank’ning hamkorlari orasida Korzinka Go, KFC, Yandex Go, «Чайкоф» va yana o‘nlab mashhur joylar bor. payme avia yoki payme tickets orqali chipta sotib olganda ham keshbek qaytariladi.
Hamkorlarning to‘liq ro‘yxati sayt va ilovada mavjud bo‘lib, muntazam ravishda yangilanib boriladi.
Deyarli pul sarflamasangiz ham foyda olasiz
Siz kam pul sarflasangiz ham, umuman sarflamasangiz ham baribir yutqazmaysiz. Kartada 100 000 so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘lsa, bank har kuni unga yillik 12% stavka bo‘yicha foiz hisoblab boradi. Oyning oxirida foizlar yig‘iladi va keyingi oy ushbu mablag‘ kartangizga o‘tkaziladi.
Bunday imkoniyatni hamma bank ham taklif qilavermaydi. TBC’da esa bu qulaylik Salom Card’ning o‘zida bor, hech qanday qo‘shimcha amal talab qilinmaydi.
Salom Card’ni qanday buyurtma qilish mumkin?
Salom Card’ni onlayn tarzda TBC UZ ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Ilova Google Play va App Store’da mavjud. Karta 3 ish kuni ichida uyingizga yoki sizga yaqin TBC xizmat ko‘rsatish nuqtasiga yetkazib beriladi.
Kartani olgach, ilova orqali faollashtirasiz va shu zahoti xaridlarni to‘lash, keshbek olish va qoldiq summaga foiz yig‘ishingiz mumkin.
Reklama