Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Byudjet jarayoni takomillashtiriladi

Byudjet jarayoni takomillashtiriladi

Byudjet jarayoni takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekistonning Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Navbatdagi yil uchun O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1 iyulgacha Qonunchilik palatasiga kiritib boriladi.

O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalarda hamda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinadi.

Loyihalar portfeli fraksiyalar va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda taklif va tavsiyalar Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15 aprelgacha o‘rta muddatli davr uchun kamida 2 ta ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi.

Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling