BYD Uzbekistan GASGO OIL kompaniyasini brendni tuhmat qilgani uchun jarimaga tortdi
BYD Uzbekistan GASGO OIL kompaniyasini brendni tuhmat qilgani uchun jarimaga tortdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasiga “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QK murojaat qilib, “GASGO OIL” MCHJ QK tomonidan insofsiz raqobat va noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘yilganligini maʼlum qilgan.
Mazkur murojaatda, “GASGO OIL” MCHJ QK o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirgan reklama roliklarida “BYD” brendiga nisbatan axloqsiz munosabatda bo‘lganligi va brendini obro‘sizlantirishga olib keluvchi lavhalardan foydalanganligi, natijada “BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QK ishchanlik obro‘siga zarar yetkazilgani bildirilgan.
Taʼkidlash joizki, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklamada o‘zga shaxslarning tovar(xizmat)larini kamsitish, badnom qilish taqiqlanishi belgilab o‘tilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “GASGO OIL” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.