Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Buxoroda telefon o‘g‘irlagan va qochish vaqtida YTH sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda telefon o‘g‘irlagan va qochish vaqtida YTH sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda telefon o‘g‘irlagan va qochish vaqtida YTH sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 14 sentyabr kuni Buxoro tumanida yashovchi X.S. “102” xizmatiga murojaat qilib, uning “iPhone” sotish to‘g‘risidagi eʼloniga javob qaytargan nomaʼlum shaxs kelganini xabar qildi. U oq rangli, davlat raqam belgisiz va oynalari qoraytirilgan “Nexia-3” avtomashinasida bo‘lgan.

Pul olib kelish bahonasida u telefonni qo‘lga kiritib, rulga o‘tirgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Hodisa yuzasidan darhol «To‘xtatib turish» rejasi eʼlon qilindi. Tezkor harakatlar davomida avtomashina Buxorodagi I. Karimov ko‘chasida aniqlandi. Haydovchi xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, qochishga urindi va bir nechta transport vositasiga shikast yetkazdi.

Soat 04:41 da 2003 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahrining “Foshun” mahallasida istiqomat qiluvchi M.A. qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 166-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va uni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling