Valyuta kurslari 28/07/2025
$1 – 12581.73
UZS – -0,57%
€1 – 14764.66
UZS – -0,72%
₽1 – 158.34
UZS – -0,88%
Qidirish
O‘zbekiston 28/07/2025 Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ tomonidan 2024 yil noyabr-dekabr hamda 2025 yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi.

O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MCHJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi shoʻba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

DXX va IJQK Departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling