Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Buxoroda dastlabki jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Buxoroda dastlabki jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Buxoroda dastlabki jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, yangi yilning dastlabki kunlarida Buxoro viloyati tibbiyoti tarixida muhim voqea qayd etildi.

Olot tumanilik Vohidjon Nazarov bir necha yillardan buyon jigar sirrozidan aziyat chekib kelayotgandi. Nima qilish va qayerga borishni bilmay turganida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyati filiali rahbariyati taklifi unga umid bag‘ishladi.

Gap shundaki, mazkur murakkab amaliyot filialning o‘zida bajariladigan bo‘ldi. Unga turmush o‘rtog‘i donor sifatida tanlandi.

Operatsiya qariyb 10 soat davom etdi. Amaliyot Milliy tibbiyot markazi transplantologi Jasur Sobirov hamda xorijlik shifokor Somon Nekihboliyon tomonidan buxorolik jarrohlar ishtirokida bajarildi.

Hozirgi paytda bemor va donorning ahvoli qoniqarli. Ular malakali mutaxassislar nazoratida zarur muolajalarni davom ettirmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taʼkidlashicha, hududlarda zamonaviy diagnostika, davolash va murakkab jarrohlik muolajalarining joriy etilishi sog‘liqni saqlashning tizimli rivojlanishi va tibbiy yordamning aholiga yaqinlashishidan dalolat beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling