Buxoroda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlandi
Buxoroda avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro shahrida avtobuslarda yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tartibni joriy etish doirasida bir oy davomida shaharning barcha avtobus yo‘nalishlari va bekatlarida elektron chiptalarni sotish uchun avtomatlashtirilgan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi infokiosklar o‘rnatiladi. Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tomonidan imzolandi.
Shahar avtobus yo‘nalishlarida bir yo‘lovchi uchun yo‘l haqi elektron to‘lov tizimi orqali standart tartibda to‘langanda QQS bilan birga 3 000 so‘mni tashkil etadi.
ATTO tizimi orqali rag‘batlantiruvchi chegirmadan foydalanilganda tarif QQS bilan birga 2 000 so‘mgacha kamayadi.
Shuningdek, safarlar soniga qarab tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif joriy etilgan bo‘lib, u ham har bir safar uchun QQS bilan birga 2 000 so‘mni tashkil etadi.